Asosiy mazmunga o'tish
Talabalarning amaliyot jarayonlari boshlandi

Talabalarning amaliyot jarayonlari boshlandi

06.04.2026 soat 14:30Qabul yangiliklariMatbuotKo'rishlar:311 daqiqada o'qiladi

Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 2-bosqich matematika, kimyo va biologiya yo‘nalishlari hamda 3-bosqich iqtisod yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot jarayonlari boshlandi.
Mazkur amaliyot doirasida matematika, kimyo va iqtisod yo‘nalishi talabalari Kattaqo‘rg‘on shahridagi umumta’lim maktablariga biriktirildi. Biologiya yo‘nalishi talabalari esa Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining o‘quv-tajriba hamda dala-amaliyot maydoniga yo‘l oldilar.
Amaliyot oldidan fakultet dekani tomonidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga ichki tartib-qoidalar, mehnat intizomi hamda xavfsizlik texnikasi talablari batafsil tushuntirildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda pedagogik tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz