Asosiy mazmunga o'tish
“Yosh texnologlarning ijodiy ishlari” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

“Yosh texnologlarning ijodiy ishlari” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

01.04.2026 soat 17:40YangiliklarMatbuotKo'rishlar:201 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Pedagogika fakulteti Amaliy fanlar va sport kafedrasi Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Yosh texnologlarning ijodiy ishlari” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institut rektori ham ishtirok etib, talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnatiga asoslangan amaliy ishlar, lazer texnologiyasi asosida tayyorlangan mahsulotlar hamda turli innovatsion g‘oyalar keng namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazma yosh texnologlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz