Asosiy mazmunga o'tish
Navro‘z arafasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Navro‘z arafasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi bo‘lib o‘tdi

19.03.2026 soat 12:34YangiliklarMatbuotKo'rishlar:261 daqiqada o'qiladi

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarda umumxalq bayramlarining g‘oyaviy mazmunini keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish va ularni yosh avlod orasida ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z ijodiy mahoratini namoyish etib, xalqimizning turli hududlariga xos an’anaviy qo‘shiqlarni kuylashdi. Har bir ijrochi bayramona ruh, samimiylik va yaratuvchanlik bilan sahnaga chiqdi. Tadbir nafaqat talabalarga, balki barcha ishtirokchilarga Navro‘z shukuhi va milliy musiqamizning go‘zalligini his qilish imkonini berdi.
Shuningdek, tanlov talabalarda ijodiy faollikni oshirish, hamjihatlik va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, o‘zaro do‘stona raqobat orqali yangi iste’dodlarni kashf etish uchun qulay maydon yaratdi.

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz