Asosiy mazmunga o'tish
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

19.03.2026 soat 11:16YangiliklarMatbuotKo'rishlar:261 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F. Sirojiddinov tomonidan talabalar bilan faollar zalida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratildi.
Uchrashuv davomida prorektor tomonidan startap loyihalar, ularni yaratish bosqichlari, amaliyotga joriy etish imkoniyatlari hamda ushbu yo‘nalishda davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish va ularni amaliy natijaga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, ilgari surayotgan loyihalari yuzasidan mulohazalarini bayon etdilar. Ularning har bir murojaati diqqat bilan tinglanib, berilgan savollarga batafsil va asosli javoblar berildi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz