Asosiy mazmunga o'tish
Hamkorbank vakili bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi

Hamkorbank vakili bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi

12.03.2026 soat 16:12UchrashuvlarMatbuotKo'rishlar:32

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Payshanba –Yoshlar kuni munosabati bilan Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining Kattaqo‘rg‘on filiali Chakana biznes bo‘limi boshlig‘i Xurshed Rahmonov bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarning bandligini ta’minlash, bank tizimida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bitiruvchi talabalarning kelgusida ishga joylashishi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob oldilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz