Asosiy mazmunga o'tish
Yoshlar kuni munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi

Yoshlar kuni munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi

06.03.2026 soat 09:23Sport klubiMatbuotKo'rishlar:301 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada talabalar faol ishtirok etib, o‘z jamoalari bilan sport maydonida kuch sinashdilar. O‘yinlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik hamda sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordilar.
Musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz