Asosiy mazmunga o'tish
Sevsangiz Bobur kabi seving Vatanni

Sevsangiz Bobur kabi seving Vatanni

14.02.2026 soat 11:18Ma'rifat ulashibMatbuotKo'rishlar:281 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida shoh va shoir, buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Sevsangiz Bobur kabi seving Vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani G‘.Pirnazarov ochib berib, o‘z nutqida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, uning o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda davlatchilik tarixidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, Bobur g‘azallari ifodali va badiiy o‘qib eshittirildi. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan chiqishlar buyuk ajdodimizning boy adabiy merosiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ifodasi bo‘ldi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz