Asosiy mazmunga o'tish
Institutda uchta fakultetda “Kitob burchagi” tashkil etildi

Institutda uchta fakultetda “Kitob burchagi” tashkil etildi

12.02.2026 soat 12:20YangiliklarMatbuotKo'rishlar:191 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Pedagogika, Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetlarida “Kitob burchagi” tashkil etildi.
Kitob burchagida badiiy adabiyotlar, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy asarlar, shuningdek, pedagogik va filologik yo‘nalishdagi kitoblar jamlangan. Shu bilan birga, kitoblar muntazam ravishda yangi nashrlar bilan boyitib borilishi rejalashtirilgan.
“Kitob burchagi” institut jamoasi va talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilim va tafakkurni oshirishga qaratilgan.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz