Asosiy mazmunga o'tish
Talaba-qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha sport bellashuvlari o‘tkazildi

Talaba-qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha sport bellashuvlari o‘tkazildi

04.02.2026 soat 09:51Sport klubiMatbuotKo'rishlar:37

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbiri talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylikni rivojlantirishga qaratildi.
Musobaqa davomida qizlar o‘zlarining chaqqonligi, aniqligi va jamoaviy harakatlari bilan sport maydonida yuksak mahorat namoyish etdilar. Bellashuvlarda institutning turli guruh va fakultetlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro qiziqarli va murosasiz bahslar orqali kuch sinashdilar.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz