Asosiy mazmunga o'tish
“Inklyuzivlik va media” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

“Inklyuzivlik va media” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

14.01.2026 soat 19:12SeminarlarMatbuotKo'rishlar:18

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Inklyuzivlik va media” mavzusida ochiq seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Inklyuziv media klubi” a’zolari hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminarda “Inklyuziv media klubi” rahbari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi O‘tkir Usmonov klub a’zolariga inklyuzivlik va media haqida tushuncha berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar inklyuziv media konsepsiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni va amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha fikr almashdilar, savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, kelgusida inklyuziv media loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz