Asosiy mazmunga o'tish
QISHKI TA’TIL DAVRIDA 10 KITOB – JAHONDAGI JAVOHIRLAR

QISHKI TA’TIL DAVRIDA 10 KITOB – JAHONDAGI JAVOHIRLAR

22.12.2025 soat 16:44YangiliklarKo'rishlar:29

Institutda “Kafedra oyligi” doirasida Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Z.Murtozayeva tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus doirasida “Qishki ta’til davrida 10 kitob – jahondagi javohirlar” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida talabalarning badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz