Asosiy mazmunga o'tish
Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi

Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi

19.12.2025 soat 17:41YangiliklarMatbuotKo'rishlar:421 daqiqada o'qiladi

Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mustafayev boshqarib bordi. Tadbirda Kengash a’zolari, dekan o‘rinbosarlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasiga mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalarning ijrosini o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish;
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish;
Talabalarni qishki ta’tilda jo‘natish shtabini tashkil etish;
Talabalarni TTJ dan qishki ta’tilga chiqishi va manziliga yetib borishini nazorat qilish.
Yig‘ilish yakunida belgilangan masalalar bo‘yicha amaliy ishlar rejasi ishlab chiqildi va amalga oshirilishi nazoratga olindi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz