Asosiy mazmunga o'tish
55-maktab o‘quvchilari institutimizning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi

55-maktab o‘quvchilari institutimizning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi

18.12.2025 soat 17:07UchrashuvlarMatbuotKo'rishlar:331 daqiqada o'qiladi

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 55-maktab o‘quvchilari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tadbir Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Ruziyeva hamda professor-o‘qituvchilari K.Mamadqulova va X.G‘afforovlar tomonidan kafedra oyligi doirasida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida institut vakillari o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish sharoitlari, zamonaviy kasblar va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tashrif o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali bo‘lib, ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy yo‘nalishlarini tanlashda muhim manba bo‘ldi.

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz