Asosiy mazmunga o'tish
Karyera klubi: Bitiruvchi kurs talabalari uchun vakansiya platformalari bo‘yicha treninglar

Karyera klubi: Bitiruvchi kurs talabalari uchun vakansiya platformalari bo‘yicha treninglar

18.12.2025 soat 15:10YangiliklarMatbuotKo'rishlar:371 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning mustaqil ish topish ko‘nikmalarini rivojlantirish, rezyume tuzish, suhbat jarayonlariga tayyorlash hamda zamonaviy vakansiya platformalaridan samarali foydalanishni o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan “Karyera klubi” muntazam faoliyat olib bormoqda.
Mazkur faoliyat doirasida bitiruvchi kurs talabalari bandligini ta’minlash, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatiga samarali yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash maqsadida institut Registrator ofisi boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va Karyera markazi boshlig‘i Sh.Nurboboyev tomonidan talabalarga Careercentre.uz, Vakansiya.uz hamda Mehnat.uz platformalaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz