Asosiy mazmunga o'tish
“Orol va Orolbo‘yi fojiasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

“Orol va Orolbo‘yi fojiasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

15.12.2025 soat 16:58YangiliklarMatbuotKo'rishlar:38

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi D.Malikov tomonidan 3-kurs talabalari uchun “Orol va Orolbo‘yi fojiasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida Orol dengizining qurishi va uning ekologik oqibatlari, shuningdek, Prezidentimizning Orolbo‘yida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qarorlari batafsil yoritildi.
Havo ifloslanishining ortishi, uning asosiy manbalari hamda inson salomatligiga ta’siri haqida qisqacha ilmiy tushuntirishlar berildi.
Dars jarayoni talabalar uchun nafaqat ekologik muammolarni chuqur anglash, balki amaliy yechimlar haqida bilim olish imkoniyatini yaratdi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz