Asosiy mazmunga o'tish
Giyohvandlikka qarshi kurash: talabalar bilan davra suhbati va psixologik trening o‘tkazildi

Giyohvandlikka qarshi kurash: talabalar bilan davra suhbati va psixologik trening o‘tkazildi

10.12.2025 soat 09:50Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:651 daqiqada o'qiladi

Pedagogika fakultetining “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari uchun “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir doirasida psixolog G.Innatullayeva hamkorligida talabalarning ma’naviy-psixologik xabardorligini oshirishga qaratilgan psixologik trening ham o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda giyohvandlikning yoshlar salomatligi va kelajak hayotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar, shuningdek, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Psixolog tomonidan talabalar bilan interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va amaliy topshiriqlar tashkil etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga muhim tavsiyalar berilib, giyohvandlikka qarshi kurashish va salbiy oqibatlarni oldini olishda faollik ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz