Asosiy mazmunga o'tish
Birinchi kurs talabalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Birinchi kurs talabalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

09.12.2025 soat 10:54UchrashuvlarMatbuotKo'rishlar:301 daqiqada o'qiladi

Bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 1-kurs talabalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tadbirda institut profilaktika inspektori X.Xaydarov, fakultet dekan o‘rinbosari B.Yuldashov hamda tyutor A.Jabborovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” mavzusida talabalarga muhim tushunchalar, profilaktika choralari, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, narkojinoyatchilik va giyohvand moddalarni targ‘ib qiluvchilarga qarshi kurashish hamda giyohvand moddalar hayotni yemiruvchi zahar ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.
Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar. Suhbat ochiq muloqot va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi hamda talabalarda mas’uliyat, xavfsizlik madaniyati va sog‘lom hayotga intilishni kuchaytirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz