Asosiy mazmunga o'tish
“Talabalik – oltin davrim” mavzusida ijodiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Talabalik – oltin davrim” mavzusida ijodiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

20.11.2025 soat 09:38Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:571 daqiqada o'qiladi

Pedagogika fakulteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida “Talabalik – oltin davrim” mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy va qiziqarli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni ushbu kafedraning o‘qituvchisi G.Xalbayeva boshqarib bordi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalik yillariga oid samimiy xotiralar, yorqin orzular va motivatsion fikrlarni o‘rtoqlashish, talabalarni ijodiy va erkin fikrlashga undash, shuningdek, ularning o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashdan iborat edi.
Suhbat davomida talabalar o‘z hayotidagi unutilmas daqiqalar, ta’lim jarayonida boshdan kechirgan qiziqarli lahzalar va kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdilar. Ularning faol ishtiroki tadbirga yanada jonlilik bag‘ishladi.
Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilar qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi hamda talabalik davrining qadrini yana bir bor his ettirdi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz