Asosiy mazmunga o'tish
FILIALDA MATBUOT TADBIRI TASHKIL QILINDI

FILIALDA MATBUOT TADBIRI TASHKIL QILINDI

02.05.2025 soat 17:12YangiliklarMatbuotKo'rishlar:691 daqiqada o'qiladi

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni

FILIALDA MATBUOT TADBIRI TASHKIL QILINDI

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida "Kattaqo'rg'on tongi" gazetasi hamda "Tong.uz" web-sayti tomonidan 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan anjuman tashkil qilindi.

Tadbir doirasida Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali moddiy-texnika bazasi, o'quv-ilmiy yo'nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Press-tur ham o'tkazildi.

Press-turda qatnashgan Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahar va tuman matbuot va ommaviy-axborot vositalari vakillari filialning Registrator ofisi, laboratoriyalar, Rabototexnika markazi, Axborot-resurs markazi, Texnologik ta'lim yo'nalishi amaliy-ijodiy ishlari, mustaqil ta'lim mashg'ulotlari mahsuli hamda "Yosh musavvir" to'garaklari ijodiy ishlari bilan bevosita tanishdi.

Filial matbuot kotibi Abduxoshim Ziyatov hamrohligida faoliyat bilan tanishgan matbuot va OAV vakillari "Kattaqo'rg'on tongi" gazetasi hamda "Tong.uz" web-sayti tomonidan 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan anjumanda ishtirok etdi. "Kattaqo'rg'on tongi" gazetasi hamda "Tong.uz" web-sayti tahririyati bilan ham tanishdi.

SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz