Asosiy mazmunga o'tish
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi” viloyat bosqichida g‘olib bo‘lishdi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi” viloyat bosqichida g‘olib bo‘lishdi

12.11.2025 soat 11:03TashriflarMatbuotKo'rishlar:54

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Institutning Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 25_13-guruh talabalari – Feruzbek Teshayev, Nodirjon Raxmatullayev, Muxlisa Ismatova va Gulandom Sherovalar jamoaviy hisobda faxrli birinchi o‘rinni egallashdi.
Mazkur yutuq tufayli jamoa endilikda musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi mazkur muvaffaqiyat bilan faxrlanadi va talabalarga keyingi bosqichda ham ulkan zafarlar tilaydi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz