Asosiy mazmunga o'tish
Talabalarga “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy dars o‘tkazildi

Talabalarga “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy dars o‘tkazildi

05.11.2025 soat 15:36Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:38

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni doirasida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy dars tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, yoshlar yetakchisi Husniddin Rashidov olib bordi.
Mazkur ma’rifiy dars davomida talabalar hayot xavfsizligi, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarda mas’uliyat, ehtiyotkorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mavzu bo‘yicha fikr almashdilar.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz