Asosiy mazmunga o'tish
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi

“Korrupsiya – kelajakka tahdid” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi

01.11.2025 soat 15:40Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuotKo'rishlar:951 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi innovatsion tashabbuslarini, startap va ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” nomli startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va halollik muhitini kengaytirish borasida qator innovatsion g‘oyalar taqdim etildi. Har bir loyiha amaliy ahamiyati, yangiligi va ijtimoiy foydasi jihatidan baholandi.
Tanlovning asosiy maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilg‘or fikrlaydigan yoshlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratdir.
Eng yaxshi g‘oya va loyihalar mualliflari rag‘batlantiruvchi sovrinlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning tashabbuslarini amaliyotda ro‘yobga chiqarish uchun zarur ko‘mak va yo‘nalishlar belgilab olindi.
Mazkur tashabbus yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, mas’uliyat va fuqarolik burchi qadriyatlarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz