
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi
E’LON!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va xodimlar!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazilishi belgilanganini ma’lum qilamiz.
Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida joriy yilning 25-may kuni professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ishga kelishda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.
Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlardan mazkur talab va ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishlari so‘raladi.
Belgilangan tartiblarga rioya etmaslik odob-axloq qoidalarini buzish holati sifatida baholanishi haqida ogohlantiramiz.
Boshqa yangiliklar
“INNOWEEK–2026” INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR KO‘RGAZMASI21.10.2026
EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL ZAMONAVIY KASB-HUNAR KURSLARI21.10.2026
“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilinadi19.10.2026

