
Xalqaro ilmiy hamkorlik natijasida nufuzli jurnalda maqola e’lon qilindi
14.02.2026 soat 12:13E'lonMatbuotKo'rishlar:411 daqiqada o'qiladi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov hamda institutimiz o‘qituvchisi, Hindiston Respublikasi fuqarosi professor Tabassum Qazi hamkorligida tayyorlangan “Emotsional regulyatsiya, affekt va psixologik farovonlik: madaniyatlararo tahlil” nomli ilmiy maqola Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli jurnalda chop etildi.
Mazkur maqolada Hindiston va AQSh madaniy muhitida emotsional regulyatsiya, ijobiy va salbiy affekt hamda psixologik farovonlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar empirik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ushbu psixologik omillarning madaniyatlararo farqlari va umumiy jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Boshqa yangiliklar
“INNOWEEK–2026” INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR KO‘RGAZMASI21.10.2026
EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL ZAMONAVIY KASB-HUNAR KURSLARI21.10.2026
“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilinadi19.10.2026





