
Hurmatli talabalar: “Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanaman” insholar tanlovi o‘tkaziladi
07.11.2025 soat 10:08E'lonMatbuotKo'rishlar:951 daqiqada o'qiladi
Hurmatli talabalar!
Internet tarmogʻidan toʻgʻri va xavfsiz foydalanish bugungi kunda har birimiz uchun muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika institutida “Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanaman” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.
🗓 Tanlov sanasi: 11-noyabr
📍 Oʻtkaziladigan joy: Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti, B-210-xona
🕒 Boshlanish vaqti: soat 14:00
Ishtirokchilar: institutning barcha fakultetlari 1–4-bosqich talabalari.
Tanlov talablari:
1. Insho o‘zbek tilida yozilishi kerak;
2. Hajmi 2–3 sahifa atrofida bo‘lishi lozim;
3. Internetdan to‘g‘ri, maqsadli va xavfsiz foydalanish g‘oyalari yoritilishi shart;
4. Insholar ijodkorlik, savodxonlik va g‘oyaviy mazmun mezonlari asosida baholanadi.
Boshqa yangiliklar
“INNOWEEK–2026” INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR KO‘RGAZMASI21.10.2026
EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL ZAMONAVIY KASB-HUNAR KURSLARI21.10.2026
“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilinadi19.10.2026


